Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xususan, tuman Kengashi deputati Asqarali Odilov tomonidan "Madaniyat" mahallasida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi. Tashrif davomida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda muassasa infratuzilmasi bilan tanishildi.

Shuningdek, tashkilotda bolalarga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, sanitariya-gigiyena holati va bog‘chaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi ham ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berib o‘tildi.

Slide 1 of 3