Yangiliklar

Deputat nazorati

Xalq deputatlari Sirdaryo tuman Kengashiga 17-Zarshunos va 19-Sholikor saylov okruglaridan saylangan deputatlari X. Davlyatov va R.To‘ychiyevlar tomonidan, hurmatli Prezidentimizning 93-sonli qaroriga asosan qayta ta’mirlanayotgan 8-sonli maktab hamda QVP (Qishloq vrachlik punkti)ning bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.

Hamda mahalla faollari, deputatlar va nuroniylar tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari, ish sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur loyihalar hudud aholisining ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi sharoitlarini yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2