Jizzax shahrida bo‘lib o‘tgan stretbol bo‘yicha “Besh tashabbus olimpiadasi”ning Respublika bosqichida “A-liga” yo‘nalishida Boyovut tumani sportchilari munosib ishtirok etib, faxrli natijalarga erishdilar.
🥈 “Markaz” mahallasining 16–21 yosh toifasidagi o‘g‘il bolalar jamoasi,
🥈 “Istiqlol” mahallasining 22–30 yosh toifasidagi sportchi qizlari ikkinchi o‘rinni egallab, viloyatimiz sha’nini yuksak darajada himoya qildilar!
Bu yutuqlarda yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlab, ularning sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda mahalliy kengash deputati Salohiddin Kuldashovning hissasi katta bo‘ldi.
📌 Ayniqsa, “Markaz” mahallasi sportchilari Respublika bosqichida 2-o‘rinni egallab, yutuq sifatida 2 ta sport maydonchasini yutib kelishdi. Bugungi kunga kelib esa, ushbu mahallada umumiy qiymati 2 milliard so‘mga teng, jami 6 ta zamonaviy sport maydonchalari qurilmoqda!
Bu kabi e’tibor va tashabbuslar natijasida sportga qiziqish ortib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib etilmoqda.
🤝 G‘alaba bilan tabriklaymiz, aziz sportchilar! Siz bilan faxrlanamiz!