Tuman Kengashi deputati Xasan Kuldashov kotibiyat ish rejasiga muvofiq "Uchturgon" mahallasida barpo etilayotgan 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.
️O‘rganishlar natijasida aniqlanishicha, hozirga qadar fundament ishlari 100 foiz bajarilgan. Devor qismi esa 50 foizga, ya’ni birinchi qavat qurilishi to‘liq yakunlangan.
️Qurilish pudratchilari bilan suhbatda bo‘lib, ularning ma’lumotiga ko‘ra, barcha ishlar 2025-yil 15-sentabrga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Mazkur obyekt deputat va mas’ul tashkilotlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.