Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanining O‘zbekiston mahallasida joylashgan 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan kapital ta’mirlash ishlari tuman Kengashi deputatlari e’tiborida bo‘lib turibdi.

Mazkur maktab fuqarolarning tashabbusli jamg‘armasi – “Open Budget” (Ochiq budjet) platformasi orqali g‘olib deb topilib, kapital ta’mirlash dasturiga kiritilgan.

Deputat Axrorjon Ibadullayev tomonidan olib borilgan o‘rganish davomida quyidagi ma’lumotlar taqdim etildi:

📌 Loyihachi tashkilot: “Aktual loyiha” MCHJ

📌 Pudratchi tashkilot: “Sardorbek, Feruz trans” MCHJ

📌 Loyiha rahbari: Shavkat Radjabov

💰 Loyiha qiymati: 1 milliard 120 million 666 ming 479 so‘m

🏗 Qurilish ishlari boshlangan sana: 2025-yil 26-iyul

🗓 Qurilishning yakunlanish muddati: 2025-yil sentabr oyi

Deputat A. Ibadullayev ishlar sifati va bajarilish jadvali bilan yaqindan tanishib, qurilishning loyiha asosida, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

Slide 1 of 3