Boyovut tumani “Navbahor” mahallasi hududida qurilishi davom etayotgan 49- va 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida qurilish-ta’mirlash ishlari sust olib borilayotgani, maktablar o‘z vaqtida foydalanishga topshirilmay qolish ehtimoli mavjudligi bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar asosida joriy yilning 6-avgust kuni mutasaddi tashkilotlar ishtirokida joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishda quyidagi rahbar va mutasaddilar ishtirok etdi:
✔️Sirdaryo viloyati “Yagona buyurtmachi” xizmati bo‘limi boshlig‘i I. Juramurodov
✔️Boyovut tumani hokimi v.v.b. B. Usmonov
✔️Boyovut tumani hokimi o‘rinbosari K. Abdaliyev
✔️Qurilish pudratchi tashkilot vakillari
O‘rganish davomida qurilish jarayonining tezligini oshirish va ta’lim muassasalarini yangi 2025/2026 o‘quv yiliga tayyor holatda topshirish bo‘yicha quyidagi choralar belgilandi:
⚫️Qurilish ishlariga qo‘shimcha mehnat resurslari jalb qilinishi
⚫️Qurilish materiallari zaxirasi kengaytirilishi
⚫️Ish jarayonini uch smenada tashkil etish
👷 Shu kunning o‘zida qo‘shimcha 27 nafar malakali quruvchi ustalar ishga jalb qilinib, faoliyatni boshladi.
Bu — kecha deputat Jumavoy Rahmonqulov tomonidan bildirgan tanqidiy e’tiroz va o‘rganishlar natijasida tezkor chora ko‘rilganining yaqqol isboti bo‘ldi.