XOTIN QIZLAR MUAMMOLARI OʻRGANILDI
Bugun O‘zbekiston XDP Qiziltepa tuman kengashi raisi tashabbusi bilan “Gumbaz” mahallasida xotin-qizlar bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir davomida mahallada istiqomat qilayotgan ayollar bilan ochiq va samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning kundalik turmushdagi muammolari, ijtimoiy holati, bandligi hamda sog‘lig‘i bilan bog‘liq masalalar atroflicha o‘rganildi.
Uchrashuv jarayonida ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy reyestrga kiritish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning muammolarini hal etish va zarur ko‘mak choralarini ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur uchrashuvlar ayollarni tinglash, ularning muammolariga befarq bo‘lmaslik, ijtimoiy himoya va faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.