Payariq tumani Kengashi deputati Dehkonova Fotima Ulug‘bek mahallasida joylashgan 78 va 102-maktablarining moddiy-texnik bazasi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya holati va ta’lim jarayonining holatini o‘rganish uchun tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputat, maktablarning jismoniy va ta’limga mo‘ljallangan infratuzilmasini, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni tekshirdi. Maktablarning moddiy-texnik bazasi va o‘quv jarayonidagi muammolarni hal qilish uchun amalga oshirilgan say-harakatlar hamda kelgusidagi rivojlanish rejalarini ko‘rib chiqdi.
Tashrif yakunida, Dehkonova Fotima, har ikkala maktabda ta’lim va sharoitlarni yaxshilash uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rishni davom ettirishga va mahalliy hokimiyat bilan hamkorlikda tizimli ishlashga tayyor ekanligini bildirgan. Maktablarning moddiy-texnik baza va sanitariya holatini yaxshilash, o‘quvchilarga ta’lim olish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha muhim
takliflar ishlab chiqilishi zarurligini ta'kidladi.