Yangiliklar

Mas’uliyatli ota-onalik – farzand kamolotining asosi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Ergasheva tashabbusi bilan "Mas’uliyatli ota-onalik" mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ota-onalar hamda pedagoglar ishtirok etib, zamonaviy oilada farzand tarbiyasi, ota-onalarning mas’uliyati va jamiyatdagi o‘rni haqida fikr almashishdi.

Suhbat davomida ta’kidlanganidek, har bir farzandning barkamol voyaga yetishi avvalo oiladagi tarbiya muhitiga bog‘liq. Mas’uliyatli ota-ona – bu nafaqat bola ta’minotini, balki uning axloqiy, ma’naviy va intellektual rivojlanishini ham e’tiborda tutadigan shaxsdir. Bolaning o‘ziga ishonchi, mehnatsevarligi, jamiyatga foydali inson bo‘lib yetishishi ko‘p jihatdan ota-onaning unga bergan tarbiyasiga bog‘liq.

Tadbirda ota-onalar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, farzandlar bilan samarali muloqot yuritish, ularga mehr va e’tibor ko‘rsatishning ahamiyati haqida gapirib o‘tishdi. Pedagoglar esa bolaning maktabdagi muvaffaqiyati va xulq-atvori ota-ona va maktab o‘rtasidagi hamkorlik orqali yaxshilanib borishini alohida ta’kidlashdi.

Davra suhbati barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi va ota-onalarni farzand tarbiyasida yanada mas’uliyatli bo‘lishga undadi. Shu kabi tadbirlar orqali maktab va oila o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib, farzand tarbiyasi yo‘lida yagona jamoa sifatida harakat qilish imkoniyati yaratiladi.

Slide 1 of 3