Yangiliklar

🟦 Farg‘ona tumanidagi loyihalar — doimiy deputatlik nazoratida

 🟦 Farg‘ona tumanidagi loyihalar — doimiy deputatlik nazoratida 

  

📌 2025 yil uchun tasdiqlangan tumanni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan yirik
loyihalar ustidan Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari tomonidan
amaliy va muntazam nazorat olib borilmoqda. 

👥 Shunday uchrashuvlardan biri doirasida
Xalq deputati Qahramon Makarov tumanning Do‘stlik mahallasida joylashgan loyihalar
ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. 

🏗 Tashrif davomida mahallada amalga
oshirilayotgan, aholi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etilgan beton mahsulotlari
ishlab chiqarish va yetkazib berishga ixtisoslashgan loyiha faoliyati bilan yaqindan
tanishildi. 

🔍 Olib borilgan o‘rganishlar chog‘ida
ishlab chiqarish jarayoni, xodimlar bilan shart-sharoitlar, loyihaning iqtisodiy
samaradorligi va mahalliy aholi bandligini ta’minlashdagi ahamiyati atroflicha tahlil
qilindi. 

🎯 Bunday amaliy tashriflarning asosiy
maqsadi — tuman taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan loyihalarning o‘z vaqtida, sifatli
va samarali amalga oshirilishi, fuqarolar manfaatlarini ta’minlash hamda jamoatchilik
nazoratini kuchaytirishdan iborat. 

Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish faqat keng
jamoatchilik ishtiroki va ochiq muloqot orqali ta’minlanadi. 

  

#Farg‘onaTumani#DeputatNazorati#IjtimoiyRivojlanish#Tadbirkorlik#JamoatNazorati
#YangiO‘zbekiston
 

   

Slide 1 of 5