Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut shaharchasida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu binoda tuman Kengashi faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan bo‘lib, “Namunali tuman Kengashi” amaliy seminarining dastlabki yig‘ilishi shu binoda o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Tadbirda so‘zga chiqqan Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi raisi Pokiza Axmedjanova quyidagilarni aytib o‘tdi:

—Avvalo “Namunali tuman Kengashi” amaliy-ko‘rgazmali seminarga xush kelibsizlar! Tadbir arafasida Boyovut tuman Kengashini yangi bino bilan ta’minlaganliklari uchun Dilfuza O‘rolovaga alohida tashakkur bildirmoqchiman. Bino zamonaviy, juda shinam, eng muhimi, fuqarolarimizning kelib-ketishlari uchun qulayliklarga ega.

Muhtaram Prezidentimiz Senatdan tortib, barcha mahalliy Kengashlar binolari “xalq uyi” bo‘lishi zarurligini ta’kidlaganlar. Shu ma’noda endi Kengash doimo o‘z so‘zini ayta olishi kerak.

Slide 1 of 10