Joriy yilning 16-iyul kuni Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining "Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha"
doimiy komissiya yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo'jaligi obʼektlarining texnik holatini yaxshilash, shuningdek tumanda suv tejovchi sug'orish texnologiyalarini joriy etish holati to'g'risida “Suv etkazib berish xizmati” direktori N.Dusanovni hamda Bo'ka tumanida “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholining turmush tarzini yaxshilash bo'yicha 2025 yil ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to'g'risida tuman hokimining o'rinbosari M.Mirxoliqovning hisobotlarini tinglab Xalq deputatlari Bo'ka tumani Kengashining navbatdan tashqari VII chaqiriq 14-sessiyasi kun tartibiga kiritish tavsiya etildi.