Ibratga boy hayot yo’li
Bekkamtosh aya 80 yosh
Inson hayoti davomida yaxshi iz qoldirish uchun harakatda bo’ladi. Bekkamtosh aya uzoq yillar maktabgacha ta’lim dargohida rahbarlik qildi.Jamoada mehr qozondi. Nafaqaga chiqib uyida kichkina,barakali uzumzor barpo etdi. Bekkamtosh ayani Xalq deputalari Qumqo'rg'on tuman Kengashi raisi A.Normamatov, viloyat hokimi o’rinbosari Z.Xidirova, “Buvijonlar maktabi” a’zolari, tuman kengashi deputatlari R.Mengziyayeva, B.Abdumo’minov,D.Qo’ziyevalar xonadoniga kelib tabriklashdi. Aya o’zining ibratli hayot yo’lini, o’zining mehnatining mahsuli bo’lgan uzumzor haqida ma’lumotlar berib o’tdi. Bekkamtosh ayaga uzoq umr, farzandlarining,nabiralarining baxt-u kamolini ko’rib yurishini tilab qolamiz