Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun "Paxtakor" mahallasida joylashgan 16-maktabda muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Xalnisa Shayimova hamda Axrorjon Ibadullayevlar ishtirok etdi.

Tashrif davomida maktabdagi mavjud sharoitlar bilan tanishilib, o‘quvchilarga yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv jarayonining sifati va moddiy-texnik baza holati o‘rganildi. Shuningdek, maktab jamoasi tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflar tinglandi.

Deputatlar ta’lim muassasasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar va pedagoglar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rishlarini bildirdilar. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha bir qator takliflar ilgari surildi.

Slide 1 of 3