O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilishda sanoatni qo‘llab-quvvatlash, eksportni oshirish va milliy brendlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Shu o‘rinda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, mahalliy sanoatni rivojlantirish mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashda muhim qadam ekanligini taʼkidladilar. Ular milliy brendlarni xalqaro bozorga olib chiqish, korxonalarga xalqaro sertifikat olishda ko‘maklashish va mahalliy mahsulotlarni keng targ‘ib qilish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladilar.