O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-mart kuni qabul qilingan PQ–93-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ijtimoiy soha obyektlarining holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Akromjon Bo‘tayev tomonidan Boyovut tumani hududida joylashgan bir qator ijtimoiy obyektlarda o‘rganish ishlari tashkil etildi.
Xususan, deputat "Navro‘z" mahallasida joylashgan 46-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Mazkur ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi. Qurilish-ta’mirlash jarayonlari loyiha asosida olib borilayotganligi, xavfsizlik talablari va sifat me’yorlariga rioya etilayotganligi deputat tomonidan o‘rganildi.
Tashrif davomida deputat mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda qurilish ishlarining sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi belgilab olindi.
Shuningdek, joylarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ochiqligi va jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida, fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazildi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.