Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputati Asqarali Odilov tomonidan “Madaniyat”, “Ijodkor” va “Sohil” mahallalari aholisi bilan navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.
Uchrashuvda mahallalardagi dolzarb muammolar, fuqarolarni qiynayotgan masalalar tinglandi. Qabul jarayonida fuqarolarning murojaatlari asosida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi rejalashtirildi. Har bir murojaat yuzasidan deputat tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv so‘ngida deputat Asqarali Odilov qabulda ishtirok etgan fuqarolarni yaqinlashib kelayotgan Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, ularga samimiy tilaklarini bildirdi.