🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi tomonidan tumanda investitsiya loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputatlari B.Azmetov va N.Nadirova, kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan joylarga chiqqan holda o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida “Chorvoq” TRZ direksiyasi tomonidan tumanga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, investitsiya loyihalarni amalga oshirishga mo‘ljallangan “E-auksion”ga chiqarilgan yer uchastkalari, tumanning “Chimgan”, “Novobod”, “Bog‘iston” mahallalarida barpo etilayotgan turistik obyektlar loyihalari bilan tanishildi.