🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga asosan “Qoramanas” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetаkchisi O.Akimov va ijtimoiy xodim N.Zakirbayeva amalga oshirayotgan ishlari xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati D.Bimurzayev tomonidan o‘rganildi.
🔷O‘rganish davomida:
🔻mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalari ro‘yobga chiqarish va bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
🔻“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va moddiy yordamlar;
🔻yoshlarni tadbirkorlik, zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔻ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va tibbiy yordamlar;
🔻o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar tahlil qilindi.
🔷Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.