🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-sentyabrdagi “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risi”dagi PQ-4845-son Qarori, aholining qattiq maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmati bo‘yicha Toshkent viloyati hokimligi hamda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi va “Rahnamo Servis” MChJ o‘rtalarida 2022-yil 27-dekabrda tuzilgan 63-sonli bitimga asosan korxonaning tumandagi faoliyati xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev, deputatlar J.Sadirov, M.Ashurov, kotibiyat xodimi M.Tursunbayeva tomonlaridan o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilayotgan e’tirozlar, muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan korxona rahbariyatiga aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.