#24_yonalish
#Deputat_faoliyati
Xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi deputat tomonidan tahlil qilindi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Kasimova Saodat Shirinbayevna Toxirshayx mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.
Deputat tomonidan xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)