Dastavval olib borilgan oʻrganish yakunlari boʻyicha deputatlik guruhi axboroti tinglandi. Deputatlar aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, barcha noinfeksion kasalliklar asosida turadigan ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, aholi orasida sogʻlom turmush tarzini ommaviy ravishda targʻib qilishning innovatsion usullarini joriy qilish dolzarb masala ekanligini taʼkidladilar. Sohada uchrayotgan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan oʻz amaliy takliflarini bildirdilar.