Yangiliklar

Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun 3-sentyabr kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Kun tartibida:

🔹Bo‘stonliq tumanida 2025-yilda “Zarbdor tajribasi” asosida xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga turtki beruvchi ikkinchi bosqich “drayver” loyihalariga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida; 

🔹Bo‘stonliq tumanida 2025-yil ikkinchi mavsum “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi”dan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

🔹Yig‘ilish yakuni bilan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tinglangan hisobotlar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish haqida qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2