Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 27-avgust kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida:

🔹Bo'stonliq tumanida 2025-yilning yetti oyi davomida mahalliy hokimlik va davlat organlarining hududiy bo'linmalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatlari to‘g‘risida;

🔹Xaiq deputatlari Bo'stoniiq tumani Kengashi deputatiarining 2025-yii ikkinchi chorak yakuni bilan saylovchilariga axborot berish natijalari hamda uchrashuvlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

🔹Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi deputatlari tomonidan tuman hokimligi va davlat organlarining hududiy bo'linmalari rahbarlariga 2025-yilning yetti oyi davomida yuborilgan deputat so'rovlari hamda ularning ko‘rib chiqilish tahlillari to‘g‘risida mas'ullarning hisobotlari tinglandi,

🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2