🔹2025-yil 8-avgust kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 8-“Navro‘z” okrugidan saylangan deputat M. Ashurov “Navro‘z” MFY binosida fuqarolarni qabul qilib, muammolarini o‘rgandi.
🔹Shuningdek, mahallada joylashgan ko‘p qavatli uy-joylar oraliqlarida piyodalar yo‘laklarini qurish, yozgi ayvoncha va bolalar o‘yingohlarini joylashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔹Olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha aholi vakillari tomonidan rozilik va shukuronalik munosabatlari bildirildi.