🟢Bugun Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati E. Shokirov tomonidan “Xo‘jakent" MFY hududida aholi muammolarini yechish, murojaatlarini o‘rganish va ularga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🟢Qabul davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar sohasidagi turli kamchiliklar, elektr stolbalarining eskirganligi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.
🟢Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.