Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Joriy yilning 27-avgust kuni Xalq deputatlari Boyovut tuman kengashi deputati Xalnisa Shayimova "Paxtakor" mahallasida joylashgan 16-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi 2025/2026-o‘quv yiliga ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlarini o‘rgandi.

⚫️Tashrif davomida deputat maktab binosining holati, sinfxonalar, kutubxona, sport zali va boshqa infratuzilma ob’ektlarining ta’miri, jihozlanishi hamda xavfsizlik talablari asosida tayyorlanayotganini ko‘zdan kechirdi. U pedagoglar jamoasi va maktab rahbariyati bilan suhbatlashib, o‘quvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, darsliklar bilan ta’minlanish holati, gigiyena va sanitariya talablariga amal qilinishi yuzasidan fikr almashdi.

⚫️Shuningdek, Shayimova Xalnisa Yakubovna yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash va ta’lim sifatini yanada oshirish borasida o‘z tavsiya va takliflarini berdi.

Slide 1 of 4