Bugun, 8-iyul kuni Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibida tuman hokimining oʻrinbosari oila va xotin-qizlar boʻyicha boshligʻi L.Shodiyevaning;
🔹 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab- uvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
🔹Bo'stonliq tumanida xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish
bo‘yicha oltinchi bosqich “Ayollar daftari” ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo'yicha joriy yil ikkinchi chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari tinglandi.
🔹Yig‘ilish yakuni bilan kun tartibidagi masalalar yuzasidan tinglangan hisobotlar navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish haqida qarorlar qabul qilindi.