🔹Joriy yilning 2-iyul kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati O. Babayev o‘z saylov okrugida maktab bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔹Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-71-son Farmoniga asosan jamiyat va davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, dabdababozlik va isrofgarchilikka chek qo‘yish, to‘y-marosimlarni ixchamlashtirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔹Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-son Farmoni bilan tasdiqlangan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasi mazmun-mohiyati, xalq deputatlari Kengashlarining faoliyatlari haqida suhbat o‘tkazildi.
🟢Uchrashuv yakunida deputat O.Babayev barcha ishtirokchilarni “Yoshlar kuni” bilan tabriklab, maktabni a’lo baholarga bitirgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.