O‘rganish davomida:
xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;
ularning bandligini ta’minlash va muammolarini hal etish;
mahallada olib borilayotgan targ‘ibot va amaliy ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlar faoli bilan muloqot o‘tkazilib, bu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biridir.