Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLADAGI IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA

O‘rganish davomida:
ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash;
kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash holati;
nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi atroflicha tahlil qilindi.

Jumladan, mahallada 72 nafar fuqaro ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, 92 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs mavjud. Hisobot davrida 12 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam ajratilgan, 1 nafar fuqaroga ortopedik mahsulot hamda 5 nafar fuqaroga hassa topshirilgan.

O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1