Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KRIMINOGEN VAZIYATNI YAXSHILASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

 Muhokama davomida tumandagi jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi, kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📋Sessiya yakunida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda tegishli idora va tashkilotlar oldiga kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, profilaktika ishlarini kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.