Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bogʻot tumanida kriminogen vaziyat muhokama qilinib, muhim qaror qabul qilindi

Hisobotda tumandagi kriminogen vaziyat tahlil qilinib, kiberjinoyatlar soni ortib borayotgani, ularning oldini olish uchun targ‘ibot va profilaktika ishlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Sessiya yakunida mahallalarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, kiberjinoyatlar va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.

Qabul qilingan qaror hududda jamoat xavfsizligini mustahkamlash va tinch-osoyishta muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.