Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

VILOYAT VA TUMAN KENGASHI DEPUTATLARI HAMKORLIGIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning muammolariga amaliy yechim topish maqsadida Parkent tumanidagi 29-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-Nomdanak saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov va Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati G‘afurjon Muhamedov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy bilan ta’minlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, imtiyozli kredit ajratish,davlat ko‘magi hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar batafsil ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.Sayyor qabul davomida jami 21 ta murojaat ro‘yxatga olindi. Shundan 5 tasi joyida ijobiy hal etildi, 4 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va amaliy tavsiyalar berildi. Qolgan 12 ta murojaat bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.Viloyat va tuman Kengashi deputatlarining bunday hamkorlikdagi faoliyati fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, hududdagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni samarali hal etishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 5