Yakuniy natijalarga ko‘ra, IT yo‘nalishida yuqori natijalarga erishgan yoshlar munosib rag‘batlantirildi:
3 ta aqlli soat;
24 ta noutbuk;
3 ta planshet topshirildi.
Shuningdek, Bog‘ot tumani ixtisoslashtirilgan maktabi “Eng faol maktab” nominatsiyasida g’olib deb topilib, "Prezident sovg‘asi" BYD avtomashinasini qo‘lga kiritdi.
Bu yutuqlar tuman yoshlarining IT sohasidagi ulkan salohiyati, izlanuvchanligi va intiluvchanligini yana bir bor namoyon etdi. Yoshlarimizning zamonaviy texnologiyalarni puxta egallab, yuksak marralarni zabt etayotgani barchamiz uchun cheksiz faxr va g‘urur manbaidir!
Yoshlarni IT sohasiga keng jalb etish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.