Qarorda “Mahallabay”, “Sayyor qabul” va “Shaxsiy qabul” tizimlarini kuchaytirish, aholining ichimlik suvi, elektr, gaz, yo‘l va boshqa kommunal muammolarini tezkor hal etish, bandlikni oshirish, obodonlashtirish va “Mahalla yettiligi” faoliyatini yanada samarali yo‘lga qo‘yish vazifalari belgilangan.
Shuningdek, mutasaddilarga fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish, sayyor qabullarni muntazam o‘tkazish va har chorakda Kengashga hisobot berish topshirildi.
Mazkur qaror aholining muammolarini tezkor hal etish va murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.