Soʻrovda Beshariq 16-saylov okrugi hududida aholi murojaatlarini oʻrganish jarayonida Nurli maskan mahallasi “Furqat” koʻchasiga tosh yotqizish ishlarini amalga oshirish uchun maxsus texnika zarurligi masalasi koʻtarilgan.
Shu munosabat bilan mazkur muammoni vakolat doirasida hal etish hamda amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan tegishli choralar koʻrish soʻralgan.
Qonunchilikka muvofiq, deputat soʻrovi yuzasidan 10 kun muddat ichida yozma maʼlumot taqdim etilishi lozim.
Manba: 88-ds-446-26-sonli deputat soʻrovi