Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, aholi murojaatlari bilan ishlash, deputatlik nazorati tadbirlari hamda amalga oshirilgan o‘rganishlar natijalari haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek Serjilo ko'chasiga bir kilometr masofaga elektr ustunlari qo'yilib, hamda transformator o'rnatilib sim tortish ishlari davom qilayotganligi aytib o'tildi.
Undan tashqari 5 kilometr uzunlikda Birlashuv kanali qazilib suv ta'minoti yaxshilanganligi ta'kidlab o'tildi.
Hisobot yuzasidan saylovchilarning fikr va takliflari tinglanib, ular asosida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.