Uchtepa tumanida oqova suv tarmoqlari va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
📈 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilangan masalalar yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
🇺🇿 Jumladan, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan “Toshkent suv ta’minoti” AJning Uchtepa–Chilonzor tumanlararo oqova suv tarmoqlari bo‘limida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.
💼 O‘rganishda doimiy komissiya raisi Avaz Xudayberganov, doimiy komissiya a’zolari Sanjar Djalalov va Kimyo Abdullayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov ishtirok etdi.
🕯 Mutasaddilar tomonidan ma’lum qilinishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida tumanda quyidagi asosiy yo‘nalishlarda ishlar amalga oshirilmoqda:
✍️ oqova suv tarmoqlarini kapital ta’mirlash bo‘yicha 236 p/m reja belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 80 p/m tarmoq yangilandi. Natijada “Bog‘obod” va “Shirin” mahallalaridagi oqova suv tarmoqlarida tez-tez yuzaga kelayotgan dimlanish holatlari bartaraf etilgan;
✍️ oqova suv quduqlariga lyuk-oboymalar o‘rnatish bo‘yicha 109 dona rejaning 81 donasi bajarilgan;
✍️ oqova suv tarmoqlarida profilaktik tozalash ishlari bo‘yicha 62 214 p/m rejaning 27 655 p/m qismi amalga oshirildi. Jumladan, “Quyi Darxon”, “Xurshid”, “Zulfizar” va “O‘tkir” mahallalari hududlarida keng ko‘lamli tozalash ishlari olib borilgan;
✍️ mahallalarning ichki ko‘chalarida asfalt ostida qolib ketgan 180 ta quduqning usti ochilib, yo‘l sathiga moslashtirildi. Bu ishlar bir qator mahallalarda kommunal infratuzilma holatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.
✍️ Fuqarolardan oqova suv tarmoqlaridagi nosozlik va dimlanish holatlari bo‘yicha kelib tushgan 450 ta murojaat to‘liq bartaraf etilgan.
📆 O‘rganish davomida mavjud holat, bajarilayotgan ishlar sur’ati hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokama qilindi. O‘rganish yakunlari va aniqlangan masalalar xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida atroflicha ko‘rib chiqilishi belgilandi.