Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati o‘rganilib, amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-son farmoyishi ijrosi doirasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muzaffar Yusubov tomonidan Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyati joyiga chiqib o‘rganilib, mas’ullarga amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi.

📝 O‘rganish jarayonida tuman Kengashining deputatlar korpusi faoliyati, deputatlarning yig‘ma jildlari, kotibiyatda ish yuritish va ijro intizomi, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, saylov okruglaridagi o‘rganishlar va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

📨 Deputatlar tomonidan yuborilgan 62 ta deputatlik so‘rovining 58 tasiga javob xatlari olingan, 4 tasi ijro jarayonida. Shu bilan birga, 15 ta so‘rov bo‘yicha masala yakuniy yechimini topmagani qayd etilib, ularning ijrosini deputatlik nazoratida davom ettirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

📥 edo.ijro.uz elektron platformasi orqali 2026-yil davomida 103 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 4 tasi ijroda, 2 tasi esa belgilangan muddatdan kech bajarilgani aniqlandi. Murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🗣 Saylovchilar oldida axborot berish amaliyoti ham o‘rganilib, ikkinchi chorak davomida 24 nafar deputat o‘z saylov okrugida axborot bergani, 25-“Jarboshi” saylov okrugi deputati tomonidan esa axborot taqdim etilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

🔺 Kengash faoliyatining jamoatchilikka yoritilishi ham tahlil qilinib, 2026-yil avgust oyida Telegram tarmog‘ida 177 ta post e’lon qilingani qayd etildi. Deputatlarning hududlardagi o‘rganishlari, nazorat tadbirlari va ularning amaliy natijalarini yanada keng yoritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

🔎 Shuningdek, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha o‘rganish tadbirlarini tizimli olib borish, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni sifatli yuritish, sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalalarni oldindan saylov okruglarida o‘rganish, deputatlarga biriktirilgan qonunlar ijrosini doimiy komissiyalar doirasida nazorat qilish hamda biriktirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📍 Yakunda Yashnobod tumani Kengashi va kotibiyati faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligi va deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish, sessiyalar hamda doimiy komissiyalar ishini tizimli tashkil etish, murojaatlar ijrosi va elektron ish yuritish intizomini mustahkamlash, hududlarda aniqlangan muammolarni manzilli hal etish yuzasidan Muzaffar Yusubov tomonidan tegishli amaliy-uslubiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1