Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Mahallalardagi muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilanmoqda

Mahallalardagi muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilanmoqda

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Bahodir Xalilov tomonidan saylov okrugiga kiruvchi Yakkatut, Guzar, Oltitosh va Sanoat mahallalarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy holati, aholini qiynab kelayotgan muammolar, hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarning fikr va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Shuningdek, Guzar mahallasi hududidagi Tadbirkorlar ko‘chasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, transport harakati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda hududda mavjud ayrim muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritish hamda ularning ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda mavjud masalalarning yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7