Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“Olmazor tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi

“Olmazor tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida Namangan shahrida “Olmazor tajribasi” asosida tashkil etilgan loyiha guruhlarining 2026-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda hududlarning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish, qo‘shimcha daromad manbalarini shakllantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Shuningdek, mahallalarning ixtisoslashuvi asosida tashkil etilgan loyiha ofislari faoliyati, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va mahalliy budjet daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muhokama yakunida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, natijadorlik ko‘rsatkichlarini oshirish hamda masalani xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 2