Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
AHOLI ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

AHOLI ELEKTR TA’MINOTINI YAXSHILASH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tashabbusi bilan M. Eshtemirov MFY hududida elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Deputat tashabbusi bilan beton elektr ustunlari o‘rnatilgan ko‘cha hamda hududda qo‘shimcha transformator o‘rnatiladigan joy o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mazkur hududda aholi xonadonlariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi quvvati talabga nisbatan pastligi, ayrim xonadonlarda elektr kuchlanishi yetarli darajada emasligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan, aholining elektr ta’minotini yaxshilash, tarmoqdagi yuklamani kamaytirish va xonadonlarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida qo‘shimcha transformator o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarning barchasi deputat A. Avliyakulovning tashabbusi va amaliy ko‘magi asosida tashkil etilib, hududdagi fuqarolar murojaatlari asosida muammoni joyida hal etishga qaratilgan.

Aholi manfaatlari — deputat e’tiborida!

Slide 1 of 4