Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Mahalladagi elektr ta’minoti va tungi yoritish holati o‘rganildi

Mahalladagi elektr ta’minoti va tungi yoritish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 8-Tajribakor saylov okrugi deputati, kotibiyat mudiri A. Avliyakulov tomonidan M. Eshtemirov MFY hududida mahalla mas’ullari bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida aholi murojaatlari va mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib amalga oshirilgan elektr ta’minoti va tungi yoritish bo‘yicha ishlarning holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, hududda yangidan o‘rnatilgan beton ustunlar, tortilgan yangi elektr simlari hamda tungi yoritish chiroqlarining o‘rnatilishi va amaldagi holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Shuningdek, yangi o‘rnatilgan infratuzilmaning aholi uchun qulayligi, ko‘chalarni tungi vaqtda yoritish darajasi, elektr tarmoqlarining tartibli joylashtirilishi hamda amalga oshirilgan ishlarning belgilangan talablar asosida bajarilgani yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, hududda elektr ta’minoti va tungi yoritish tizimining barqaror ishlashini ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni deputatlik nazorati asosida davom ettirish belgilab olindi.

Slide 1 of 5