Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#24_ta_masala #savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati #Kitob_do‘koni

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyatining bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov tomonidan “Bo‘ston” mahallasida joylashgan “Kitoblar olami va o‘quv qurollari” do‘konida deputatlik nazorati hamda nazorat-tahlil faoliyati olib borildi.

Tadbir davomida savdo shaxobchasida kitobxonlikni targ‘ib etish va aholiga kitob mahsulotlarini yetkazib berish sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Xususan:

Sotuvga qo‘yilgan badiiy, ilmiy-ma’rifiy va o‘quv adabiyotlarining turi hamda ularning sifati;

O‘quv qurollari va kantselyariya turlarining yetarliligi hamda narx-navoning hamyonbopligi;

Aholining kitob va o‘quv qurollariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish sharoitlari atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, kitob do‘koni mas’ullariga adabiyotlar assortimentini yanada boyitish hamda narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3