Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Xonchorbog‘ mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi

Xonchorbog‘ mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 16-saylov okrugi deputati D. Jabbarova tashabbusi bilan Xonchorbog‘ mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
🤝 Ishchi guruh tarkibiga mahalla mutasaddilari va jamoatchilik vakillari kiritildi:
🔹 Sulaymonov Zarif — MFY raisi;
🔹 Jumanov Mardon — hokim yordamchisi;
🔹 Yangiboyev Darxon — ijtimoiy xodim;
🔹 Ahadova Ro‘zigul — xotin-qizlar faoli;
🔹 Karimova Mavjuda — otinoyi;
🔹 Nosirov Ikromxon — nuroniy;
🔹 Ismatov Narzulla — nuroniy.
📌 Ishchi guruh tomonidan mahalladagi ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish imkoniyatlarini o‘rganish, ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda mavjud ijtimoiy infratuzilma muammolarini aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar olib boriladi.
🔎 Deputat D. Jabbarova tomonidan ishchi guruh faoliyati ustidan deputatlik nazorati amalga oshirilib, muammolarni manzilli o‘rganish va ularning yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.