Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi

Bolajonlarga mehr va e’tibor ko‘rsatildi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Namangan shahar hokimligi tomonidan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolajonlar uchun mazmunli va unutilmas madaniy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati A. Kamalov ishtirok etib, Prezidentimizning bayram tabrigini bolajonlarga yetkazdi hamda ular uchun tayyorlangan maxsus sovg‘alarni topshirdi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida A.Kamalov bolajonlar bilan bir dasturxon atrofida suhbat qurib, ularning qiziqishlari, 

orzu-intilishlari, muammo va takliflari bilan yaqindan tanishdi.

Bolalar uchun tashkil etilgan bayram dasturi quvonch va iliq taassurotlarga boy bo‘ldi. Tadbir davomida bolajonlarga alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ular uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbir yakunida bolajonlar mas’ullar hamrohligida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurib, turli ko‘ngilochar maskanlarda maroqli hordiq chiqardilar. Ularning yuzidagi beg‘ubor tabassum va ko‘tarinki kayfiyati bayramning eng katta yutug‘i bo‘ldi.

Farzandlar baxti va kamoloti yo‘lida ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik yosh avlod qalbida mehr-muhabbat, ishonch va ertangi kunga umid tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. 

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputatlari tomonidan ham bolalar manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va munosib sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlarga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.

Slide 1 of 5