Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
TASHABBUSLI BUDJET LOYIHASI DOIRASIDA MINI STADION QURILISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov tomonidan Sarmich MFY hududidagi 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida “Tashabbusli budjet” loyihasi doirasida qurilayotgan mini stadionda amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

Tashrif davomida mini stadion qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, belgilangan loyiha talablari asosida tashkil etilishi hamda hududdan samarali foydalanish masalalari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport inshootining o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz bo‘lishi, sport mashg‘ulotlarini muntazam tashkil etish imkoniyati, futbol va boshqa jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan qurilish jarayonida sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifatiga e’tibor qaratish hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida maktab o‘quvchilarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratiladi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Qurilish ishlarining sifati va belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3