Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“Abdulla Avloniy” mahallasida mahalla boshqaruvi faoliyati deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, 9-“Abdulla Avloniy” saylov okrugi deputati D.Normuradova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar tomonidan “Abdulla Avloniy” mahallasida deputatlik nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan suhbat o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholining muammolarini aniqlash va ularni tegishli tartibda hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni bilan belgilangan vazifalarning “Jayxun” mahallasidagi ijrosi yuzasidan tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi. Xususan:

- Mahalla raisining hududda boshqaruv va muvofiqlashtirish borasidagi faoliyati;
- ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand fuqarolar va oilalar bilan olib borilayotgan ishlar;
- aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish;
- fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda muammolarni joyida hal etish;
- mahalladagi ijtimoiy muhitni yaxshilash va aholi manfaatlarini ta’minlash holatiga e'tibor qaratildi.

Farmon talablaridan kelib chiqib mahalla boshqaruvini yanada samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla vakillarining o‘zaro hamkorligi, aholining muammolarini “mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikda aniqlash va tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish amaliyoti yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar deputatlar tomonidan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tahlil qilinib, mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini oshirish hamda fuqarolar bilan ochiq va manzilli ishlashni kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahallalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlarni amaliy jihatdan kuchaytirishdan iborat.