Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Qoraxon MFYda paxta terimi jarayoni o‘rganildi

Qoraxon MFYda paxta terimi jarayoni o‘rganildi

Termiz tumanida paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Ayni paytda dalalarda yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda va sifatli yig‘ib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 19-Qoraxon saylov okrugidan saylangan deputat G.Baxramova saylangan Qoraxon MFY hududidagi paxta dalalarida paxta terimi jarayoni mutaxassis K.Abdullayeva tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida “Xitoy 72” (“Xin Lu Zao 72”) navi paxtasini mashinada terib olish ishlari, dalalarning mashinali terimga tayyorgarligi hamda hosilni yig‘ib-terib olish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, paxta hosilini nobudgarchiliksiz va sifatli yig‘ib olish, terim ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish hamda yetishtirilgan hosilni o‘z vaqtida qabul qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Paxta terimi jarayoni va hosilni yig‘ib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganib borilmoqda.

Paxta terimini uyushqoqlik bilan tashkil etish, hosilni nobudgarchiliksiz yig‘ib-terib olish hamda yetishtirilgan hosilni sifatli qabul qilish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 6